Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Ishni ta’lim bilan olib borayotgan xodimlar uchun qonunchilikda berilgan kafolatlar


Ishni ta’lim bilan olib borayotgan xodimlar uchun qonunchilikda berilgan kafolatlar

Shaxslarning mehnat qilish bilan bog‘liq huquqlari birinchi navbatda Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42-moddasida belgilab qo‘yilganidek har kim mehnat qilish huquqiga ega. Shuningdek bugungi kunda ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun ham qo‘shimcha kafolatlar yangilangan Mehant kodeksida o‘zining ifodasini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 383-moddasidaIsh beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart” ekanligi belgilab qo‘yilgan. Demak, mazkur norma ish beruvchiga mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan xodimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklagan.

Yuqoridagilardan tashqari, Mehnat kodeksining 385-moddasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida o‘ttiz kun;

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida qirq kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi” deya mustahkamlab qo‘yilganligi ishni ta’lim bilan birga olib borayotgan xodimlar uchun kafolatlar mustahkam huquqiy asosga ega ekanligining ifodasi ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘lashi, Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lashi kerakligining huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilganligi mazkur toifadagi xodimlar uchun kafolatlar qonunchilikda alohida mustahkamlab qo‘yilganligini, ularga amal qilish majburiy tusga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.

 

O‘rta Chirchiq tumani Adliya bo‘limi,

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

rahbari                                                                           Mirzayev Alisher