Янгиликлар
Bola parvarishi bo‘yicha ta’til davri ko‘p yillik mehnat staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan stajga kiradimi?
Bola parvarishi bo‘yicha ta’til davri ko‘p yillik mehnat staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan stajga kiradimi?
Umumiy tartibga ko‘ra, kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti kiritilmaydi (Mehnat Kodeksi 405-moddasi 6-qismi). Bu qoida Mehnat Kodeksi 220-moddasiga muvofiq beriladigan bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tiliga ham taalluqli.
Biroq, Mehnat Kodeksi 405-moddasi 6-qismi mazmunidan kelib chiqadiki, ish beruvchilar jamoa shartnomasida, tashkilotning ichki hujjatida yoki mehnat shartnomasida bola parvarishi bo‘yicha ta’til ham asosiy mehnat ta’tili, ham 220-moddasiga muvofiq beriladigan ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha mehnat ta’tilini olishga huquq beradigan stajga kiritishni nazarda tutishlari mumkin.
Ayol yoki bolaning qonuniy vakilining xohishiga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili vaqtida to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv bo‘yicha uyda ishlashi mumkin. Bunda bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysida nafaqa olish huquqi saqlab qolinadi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.
Kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti kiritilmaydi.
O`rta Chirchiq tumani Adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi bosh yuriskonsulti A.Sh. Ochilboyev