Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xizmat tekshiruvi haqida


Xizmat tekshiruvi haqida

Mehnat Kodeksi 302-moddasiga ko`ra xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirish hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 303-moddasiga asosan, ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli.

Shuningdek, ushbu moddada “o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyrug‘i hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak” deyilgan.

Mana shu qoidalarga ko‘ra, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyruqni o‘sha xodimga ish beruvchi bo‘lgan rahbar chiqarishi kerak bo‘ladi.

Aks holda, xizmat tekshiruvi jarayoni ham, tekshiruv natijasiga ko‘ra xodimga qo‘llanilgan intizomiy jazo ham (jumladan, intizomiy jazo sifatida ishdan bo‘shatish ham) noqonuniy bo‘lib qoladi.

Bu muammo ko‘proq tizimli tashkilotlarda, ayniqsa, vazirliklar, qo‘mitalar va shu kabi davlat idoralarida ko‘p uchraydi degan fikrim bor.

Masalan, qaysidir fuqaroning asosli shikoyatidan kelib chiqib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish rejalashtirildi deylik. Bu vaziyatda xizmat tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i katta ehtimol bilan viloyat boshqarma boshlig‘i tomonidan chiqariladi va shu asosda tekshiruv o‘tkaziladi.

 

Vaholanki, tuman bo‘limi boshliqlari uchun viloyat boshqarmasi boshlig‘i emas, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ish beruvchi rahbar hisoblanadi.

Demak, tuman MMTB bo‘limlari boshliqlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyruq ish beruvchi hisoblanmagan viloyat boshqarma boshlig‘i tomonidan chiqarilishi Mehnat kodeksining 303-moddasi talablariga zid bo‘ladi.

 

O`rta Chirchiq tumani Adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                A. Sh. Ochilboyev