Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi? Davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tartibi belgilangan.


Bilasizmi?

Davlat organlari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tartibi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-oktabrdagi 582-son qarori ilovasiga muvofiq “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar deganda, kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek, murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat tashkilotlarida tashkil etilgan bo‘lim, bo‘linma yoki guruhlarning rahbarlari va xodimlari tushuniladi. Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishdan maqsad xodimlarning murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda murojaatlar bilan ish yuritishni tashkil etishdagi nazariy va amaliy bilimlari, kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda muntazam yangilab borishdan iborat.

Shu bilan birga, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va o‘qitishning asosiy vazifalari:

- murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari to‘g‘risida aniq tushunchalarni shakllantirish;

- murojaatlar bilan ish olib borishning tashkiliy-huquqiy masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbiy tayyorgarlikning bajariladigan vazifalar va funksiyalarga muvofiqligini ta’minlash;

- faoliyatda murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko‘nikmalarini o‘rgatish hisoblanadi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i

Ulug‘bek TULAGANOV