Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

O‘quvchilarni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash ishlari yuqori saviyada amalga oshiriladi


O‘quvchilarni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash ishlari yuqori saviyada amalga oshiriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2023-yil
28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori qabul qilingan. Qarorga ko’ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

- hududlarda yangi quriladigan ta’lim muassasalarining loyiha oldi hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash nazarda tutilishini ta’minlashi;

- ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Shu bilan birga, Qarorda 2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

2024-yil 20-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining yangi o‘quv dasturi va darsligini ishlab chiqish ko‘rsatilgan.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Shoxruxbek YUNUSOV