Янгиликлар
Bog‘dagi mevali daraxtlarimizni kesib ketishgan, zararni undirishimiz mumkinmi?
Bog‘dagi mevali daraxtlarimizni kesib ketishgan, zararni undirishimiz mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasiga muvofiq o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil etsa:
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
- Bunda ancha miqdordagi zarar bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Yuqoridagi normaning keyingi qismlarida zarar miqdori ortishiga qarab jazo chorasi ham ortib boraveradi.
Zararni jinoyat sudida ushbu ish ko‘rilayotgan vaqtda Jinoyat protsessual kodeksi 275-moddasiga binoan fuqaroviy da'vogar sifatida undirishni talab qilinishi mumkin.
Bunda Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga asosan g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Binobarin, zarar tarkibiga:
• huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari;
• uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
• shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) kiritiladi.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Muzaffar TURMATOV