Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xususiy nodavlat bog‘chalarida ishlagan xodimlarga ham dekret puli chiqadimi?


Xususiy nodavlat bog‘chalarida ishlagan xodimlarga ham dekret puli chiqadimi?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta'tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 20.09.2022 - yildagi “Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 515 - son qarori ham asosan xususiy sektorda ishlaydigan ayol xodimlarga homiladorlik va tug‘ruq nafaqasini olish imkoniyatini oshirish va yengillik yaratish maqsadida qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi.

Nafaqa miqdori qancha?

Nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida to‘lanadi. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsienti qo‘llanilmaydi.

Nafaqa tayinlash tartibi qanday?

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma'lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas'ul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining «Tibbiyot» axborot tizimiga kiritiladi. Kiritilgan barcha ma'lumotlar “Elektron Hukumat AT” tomonidan tekshiriladi. Bunda xodimning oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish staji hisobga olinadi. Nafaqa bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tartibda “Xalq banki” orqali amalga oshiriladi.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Mashrab SHUKUROV