Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Dekretga ketgan xodim o‘rniga olingan xodim endi ishdan bo‘shamayman deb turib olgan, nima qilsa bo‘ladi?


Dekretga ketgan xodim o‘rniga olingan xodim endi ishdan bo‘shamayman deb turib olgan, nima qilsa bo‘ladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 112-moddasiga muvofiq, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan, yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun muddatli mehnat shartnomasi asosida yangi xodimni ishga qabul qilish mumkin bo‘ladi. Ushbu qoidaga ko‘ra, o‘qituvchilar soatbay haq to‘lash asosida ishga olingan bo‘lsa, ular bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan bo‘lishi mumkin. Mehnat kodeksining 404- va 405-moddalariga muvofiq, homiladorlik va tug‘ish ta'tiliga hamda bola parvarishlash ta'tiliga chiqqan xodimning ish joyi va lavozimi saqlanadi. Binobarin, “dekretga” ketgan xodim ta'til muddati tugagach ishga qaytish huquqiga ega. Bunda ushbu kodeks 158-moddasi uchinchi qismiga muvofiq ish joyi (lavozimi) saqlanayotgan xodimning yo‘q bo‘lgan vaqtiga tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu xodim ishga qaytgan kundan e'tiboran bekor qilinadi. Shunga ko‘ra, soatbay asosda ishga olingan xodimni yuqoridagi modda bilan ishdan bo‘shatilishi mumkin.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti

Shuxrat MIRZAAXMEDOV