Янгиликлар
3-kurs talaba maksimal necha soatgacha dars olishi mumkin?
3-kurs talaba maksimal necha soatgacha dars olishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra oliy ta'lim muassasasining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma'lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Shunga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishida 3-kursda o‘qiyotgan talabalar bemalol dars bera oladi. Lekin ularga o‘rta maxsus xodim sifatida haq to‘lanadi. Dars taqsimotiga kelsak. 10 soatdan ortiq dars berib bo‘lmaydi degan gaplar mutlaqo asossiz. Talabaga dars taqsimlayotganda u o‘qiyotgan ta'lim shakli muhim o‘rin tutadi. Agar talaba kechki yoki sirtqi ta'lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 184-moddasiga asosan u bemalol to‘liq stavkada (20 yoki 18 soat) dars olishi mumkin.
Bu talabalarga 1 stavka dars berish shart degani emas. Taqsimotda 3271 ro‘yxat raqamli nizomga asosan talaba o‘zida mavjud mezonlar asosida dars olishi mumkin.
Bunda maktabdagi dars soatlari miqdori, o‘qituvchilar soni va ularning natijalariga qarab dars taqsimlanganda, talabada yuqori sinfda 20 soat, boshlang‘ich sinfda 18 soat dars olish imkoniyati mavjud.
Agar talaba kunduzgi ta'lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lsa, unda u maksimal 0.75 stavka (14 yoki 12 soat), o‘rtacha olganda 0.5 stavka (10 yoki 9 soat) miqdorida ishlashi mumkin. Bunga uning ish vaqti talabaning o‘qish vaqtidan keyin boshlanishi sabab bo‘ladi. Bunda ham Mehnat kodeksi 184-moddasi asos bo‘ladi
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti
Shuxrat MIRZAAXMEDOV