Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi haqida nimalarni bilasiz?


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

Inson qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi haqidagi g’oya va qarashlar ulug’ ajdodlarimiz tafakkurida asrlar osha barq urib kelgan. Amir Temur inson qadri tushunchasiga alohida e'tibor bilan qaragan. Uning butun hayoti va kurashi insonni qadrlash, uning yaxshi hayot kechirishi uchun sharoit yaratib berish bilan bogliq holda otgan. Sohibqiron ishbilarmon, tadbirkor, mard, shijoatli va hushyor kishilarni alohida qadrlagan, odamlarni rozi qilishni oz insoniy burchi deb bilgan. Amir Temur oz tuzuklarida fuqarolarning haq-huquqlarini va ularni himoya qilish zarurligini qayta-qayta ta'kidlagan.

Bugun Yangi Ozbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu goyalar chinakam voqelikka aylanmoqda. O’tgan qisqa vaqt ichida inson taqdiri, qadri, xalq manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 10-dekabr “Inson huquqlari kuni” sifatida nishonlanishi ham buning yorqin isbotidir.

Joriy yilda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganiga 75 yil to‘ladi. BMT Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilinib, tashkilotga a'zo barcha mamlakatlarga tavsiya mazmuniga ega bo’lgan mazkur Deklaratsiya Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli bo’lgan huquqlarini ochiqlaydi. Bu hujjat dunyoning shu kungacha besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan bo’lib, eng ko‘p tarjima qilingan hujjatdir. 30 moddadan iborat Deklaratsiya Inson huquqlari bo’yicha xalqaro qonunning tarkibiy qismi hisoblanadi.

1939-1945-yillar oralig’idagi dahshatli voqealar, Ikkinchi jahon urushi vaqtida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan qirg’inlar insonning umume'tirof etilgan huquqlarini qayd qilish zarurligini ko‘rsatdi. 1941-yilda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt “Mamlakatdagi holat bo‘yicha murojaat”ida 4 ta muhim erkinlik: so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik va q’‘rquvdan erkinlikni qo’llab-quvvatlashga chaqirdi. Ayni shu narsa, tinchlik o’rnatish va urush tugashiga imkon beradigan inson huquqlari rivojiga yangi turtki berdi.

Deklaratsiyaning 1-2-moddalari poydevor vazifasini bajarib, inson g’ururi, ozodligi, tengligi va birodarligini qayd etgan. Muqaddimaning 7-xatboshisi Deklaratsiya qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadni va sabablarini e'lon qiladi. Hujjatning asosiy matni, ta'bir joiz bo‘lsa, uning 4ta ustunini tashkil etadi. Birinchi ustuni shaxsning yashash hamda qullikning taqiqlanishiga o’xshash huquqlarini izohlaydi. Ikkinchi ustun shaxsning fuqarolik va siyosiy jamiyatdagi huquqlarini e'tirof etadi. Uchinchi ustun ma'naviy, jamoatchilik va siyosiy erkinliklar, xususan, diniy erkinlik va uyushmalarga a'zolik erkinligi kabilarni o‘z ichiga oldi. To‘rtinchi ustun esa, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarni belgilab beradi.

Deklaratsiya majburiy emas, balki tavsiyaviy maqomga ega. Biroq uning negizida xalqaro majburiy bo’lgan ikkita hujjat qabul qilingan. Bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. O‘zbekiston mazkur hujjatlarga 1995-yilda qo’shilgan. O’tgan yillar mobaynida Deklaratsiya odatdagi huquqiy me'yorlar maqomiga ega bo‘lgan bo’lsa, ayrim davlatlar hamon uni qisman tan oladi.

 

Bekobod tuman Adliya bo’limi yuridik

xizmat ko’rsatish markazi bosh yurishkonsulti:                   Dildara Djurayeva