Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatini ko‘rsatish


Ko‘p kvartirali uylarda

issiqlik ta’minoti xizmatini ko‘rsatish

 

Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlash bo‘yicha yetkazib beruvchi iste’molchilar bilan ikki tomonlama shartnoma tuzadi. Shartnoma iste’molchining nomidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (shirkat) tomonidan tuzilishi mumkin.

Uy ichidagi tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatish yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Mulkdorlarning umumiy mulki tarkibiga kiruvchi uy ichidagi isitish tizimlarining tayyorligini ta’minlash shirkatga yoki mulkdorlarga yuklanadi.

Iste’mol xossalari va issiqlik ta’minoti me’yorlari:

isitish bo‘yicha —1995 yilgacha qurilgan ko‘p qavatli turar joy xonalaridagi harorati kamida 20оC, agar ko‘p qavatli uylardagi issiqlik tizimi rekonstruksiya qilinmagan bo‘lsa — turar joy xonalaridagi harorat kamida 18о C bo‘lishi lozim;

issiq suv ta’minoti bo‘yicha —issiq suvning harorati 50 — 75оC bo‘lishi kerak.

Isitish davrini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.

Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8оCdan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8оC yuqori bo‘lganda esa tamomlanadi.

 

Yangiyo`l tumani adliya bo`limi

yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuristkonsulti                                                      S.Mamatqulov