Янгиликлар
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda “kasallik varaqasi” taqdim etilsa, unga haq to‘lanadimi?
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda “kasallik varaqasi” taqdim etilsa, unga haq to‘lanadimi?
Mehnat kodeksi mehnat shartnomasini bekor qilingan kun – ishning oxirgi kuni ekanligini belgilaydi. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi. MK 170-m. 2-qismi
Korxona xodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to‘laydi, agar uni olish huquqi mehnat munosabatlari davrida yuzaga kelgan bo‘lsa Nizom 3-b. 08.05.2002 y. AV ro‘yxat raqami 1136-son.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi Nizom 11-b. 08.05.2002 y. AV ro‘yxat raqami 1136-son.
Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganligi sababli, mehnat munosabatlari kasallik muddati davomida uzaytirilmaydi. Xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi davrida ishdan bo‘shatishni taqiqlash faqat ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish holatlariga nisbatan qo‘llaniladi MK 163-m. 1-qismi
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov