Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Pirotexnika vositalaridan foydalanganlik uchun qonunda javobgarlik mavjud.


Pirotexnika vositalaridan foydalanganlik uchun

qonunda javobgarlik mavjud.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1851-modda “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof ravishda muomilasi” normasida Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ta`qiqilanishi ko`rsatilgan hamda bunday huqubuzarlik qilganlarga nisbatan huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi qonunda nazarda tutilgan.

Hamda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2501-moddasi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomilasi” normasi birinchi qismida Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi ko`rsatilib o`tilgan, hamda ushbu normaning ikkinchi qismida Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:

a) ko‘p miqdorda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;

d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi ko`rsatilib o`tilgan, hamda ushbu noramaning uchunchi qismida Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:

a) juda ko‘p miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;

v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ­ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ­ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish:

a) odamlar o‘limiga;

b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanashi ko`rsatilib o`tilgan.

 

Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti. X.Murodjonov.