Янгиликлар
Voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi.
Voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi.
O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo`yicha Ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi. Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular 15 yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilishi ko`rsatilib o`tilgan bo`lib, ularning ish davomiyligi o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan, o‘quv yili davomida ishni o‘qish bilan birga olib boruvchi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tashkilotlarining o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu o‘ttiz daqiqadan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan o`tib ketmasligi ko`rsatilib o`tilgan.
Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti. X.Murodjonov.