Янгиликлар
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirildi.
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizizmini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5216-sonli qarorining 15-bandida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
Shu tufayli, Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovsiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2021 yil 3 avgustida qabul qilingan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Vazirlar Mahkamasining 490-sonli qarori bilan “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlangan.
Mazkur Nizomga asosan, Markazlar ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini hamda voyaga yetmaganlarni qabul qilish, vaqtincha saqlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va reabilitasiyasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmasi hisoblanib, qarovsiz bolalarning shaxsini aniqlab, ularning o‘qishi va xulq-atvori, oilasidagi muhitini hamda qarovsiz qolishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan – ta’lim muassasalarida, profilaktika inspektorlari tomonidan – xizmat hududida, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan – oilalarda qarovsiz bolalar aniqlanadi.
Voyaga yetmagan shaxsning qarovsiz qolganligi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniqlangan hollarda ular bu to‘g‘risida profilaktika inspektoriga xabar beradi.
Profilaktika inspektori bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, tegishli tartibda bolani Markazga qabul qilish haqida yo‘llanma tayyorlanib, Markaz xodimlari tomonidan 5 soat ichida bolani qabul qilib oladi va Markazga joylashtiradi, va Markaz tomonidan 48 soat ichida qarovsiz bolaning shaxsi aniqlanadi. Bolaning ijtimoiy-huquqiy holatiga baho berish natijasiga ko‘ra ijobiy xulosaga kelinsa, bola ota-onasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
Shundan so‘ng, Markaz yo‘llanmasiga ko‘ra, bola tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga sinov va imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish xarajatlari respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, professional yoki Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagi bo‘lmagan yoki o‘qishga kira olmagan qarovsiz voyaga yetmagan bola 1 oy ichida hududiy mehnat organlari tomonidan ishga joylashtiriladi.
Nizom asosida 2021 yil 1 noyabrdan boshlab, “E-voyaga yetmaganlar” yagona axborot tizimi ishlab chiqilib ishga tushirildi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilina
yotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash amalga oshiriladi.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i S.Djamalov
ОММАВИЙ АХБОРОТ
ВОСИТАЛАРИ