Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

XUSUSIY UNIVERSITET TALABASI 3 KURSDAN ISHLASA BO'LADIMI?


XUSUSIY UNIVERSITET TALABASI 3 KURSDAN ISHLASA BO'LADIMI?

"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 31-moddasi 3-qismiga binoan Davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablariga muvofiq ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni beradi.

Moddaning 5-qismiga ko'ra mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada ko'rsatilgan o'quv dasturlari bo'yicha ta'lim xizmatlari ko'rsatadigan nodavlat ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarga O'zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni beradi.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risida"gi Nizomning 8-bandiga asosan oliy ta'lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllarining pedagogika yo'nalishlarida o'qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o'qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta'lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o'rta maxsus, kasbiy ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Demak, davlat ta'lim muassasasi kabi nodavlat ta'lim tashkilotlarining talabalari 3 kursdan boshlab pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta'lim muassasalarida ishlashi taqiqlanmagan va buni biror umumta'lim muassasi rad etishga haqli emas.

 

Yangiyo`l tumani yuridik                                            

xizmat ko`rsatish Markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti