Янгиликлар
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlatning majburiyatidir
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlatning majburiyatidir
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiinng 78-moddasiga koʻra, farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Qahramon Hafizov,
Toshkent viloyati boshqarmasi
shoʻba boshligʻi