Янгиликлар
Barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qilishi lozim
Barcha xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga amal qilishi lozim
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 296-moddasiga koʻra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy boʻysunishi tushuniladi.
Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi. Qonunni bilmaslik esa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Abbosjon Maxamadjonov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
shoʻba boshligʻi