Янгиликлар
Ichkilikbozlik yoki giyohvondlikka mubtalo boʻlgan ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
Ichkilikbozlik yoki giyohvondlikka mubtalo boʻlgan ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
Qonunchilikka koʻra ota-ona (ulardan biri) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻuruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Shuningdek, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa yoki oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa ham ota-onalik huquqidan mahrum qilinishiga asos boʻladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish esa sud tartibida amalga oshiriladi.
Shohijahon Azizboyev,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi