Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi


Yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi

Joriy yil 20-noyabrdagi Prezident Farmoni bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–136-son Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan quyidagilar 2024-yil 1-yanvardan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga (maxsus va harbiy unvonga ega boʻlgan xodim hamda harbiy xizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi:

-oylik lavozim maoshlari:

-oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15 foizga;

-ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10 foizga;

-tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15 foizga oshiriladi.

Shuningdek, “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–190-son qaroriga (https://lex.uz/docs/5937573) kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, yoʻllar boʻyida joylashgan maktablar oldida, kamida toʻrt tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda yoʻl-transport hodisalar oʻchoqlarida belgilangan tezlikni oshirish, piyodalarni oʻtkazmaslik va fuqarolarning yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari oʻrnatiladi.

 

Jahongir Aliyev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

shoʻba boshligʻi