Янгиликлар
Pirotexnika buyumlaridan foydalanganlik uchun jarima mavjud
Pirotexnika buyumlaridan foydalanganlik uchun jarima mavjud
Qonunchilikka koʻra pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga olib kirish yoki oʻtkazish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, 1 mln 700 ming soʻmdan 6 mln 800 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, pirotexnika vositalari, qurol va uning oʻq-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik – BHMning 50 baravari (17 mln soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Axror Eshonboyev,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi