Янгиликлар
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish taʼqiqlanadi
Yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish taʼqiqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan yoki yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178 moddasiga koʻra, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini koʻrsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilgan holda, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 10 baravarigacha (990 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha) mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 310 ming soʻmdan 3 mln 300 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Akmal Rahmatullayev,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi shoʻba boshligʻi