Янгиликлар
Maʼmuriy bayonnomani avtomobilni ishonchnoma bilan boshqaruvchiga rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi
Maʼmuriy bayonnomani avtomobilni ishonchnoma bilan boshqaruvchiga rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yil 1-dekabrdan boshlab, transport vositasining egasiga transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqini oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan vakolatli organ tomonidan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Temurbek Abdurasulmirzo,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi