Янгиликлар
Yoʻlovchilar metropoliten xodimlarining ruxsati bilan harakati toʻxtagan eskalatordan foydalanishi mumkin
Yoʻlovchilar metropoliten xodimlarining ruxsati bilan harakati toʻxtagan eskalatordan foydalanishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Metropolitenda yoʻlovchilar hamda boshqa shaxslarning boʻlish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, metropoliten eskalatorlaridan foydalanilganda quyidagilarga amal qilish lozim:
— harakatlanayotgan eskalatorlarning tepa va pastki tarogʻiga tushib qolishning oldini olish uchun uzun kiyimlar etaklarini koʻtarib olishi;
— eskalatorda harakat yoʻnalishi boʻyicha oʻng tomonda turishi, tutqichni ushlab turishi, turgʻun qismlarga suyanmasligi, zinapoyalarda belgilangan chegara chiziqlarini bosmasligi va eskalatordan tushayotganda toʻxtab qolmasligi;
— eskalator zinapoyalarida oʻtirmasligi, tutqichlarga suyanmasligi va ularga yuklarni qoʻymasligi hamda eskalator zinapoyalarida yugurmasligi;
— eskalatorda yosh bolalarni qoʻlidan ushlab turishi yoki koʻtarib olishi, ularning eskalatorning turgʻun qismlariga suyanishiga yoʻl qoʻymasligi, eskalatorda bolalar aravachasi bilan pastga tushayotganda va koʻtarilayotganda bolani qoʻlga koʻtarib olishi.
Shuningdek, yoʻlovchilar zaruratga koʻra metropoliten xodimlarining ruxsati bilan harakati toʻxtagan eskalatordan foydalanish huquqiga ega.
Abduvakil Sodiqov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi shoʻba boshligʻi