Янгиликлар
Isteʼmolchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitobni oʻz vaqtida amalga oshirishi lozim
Isteʼmolchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitobni oʻz vaqtida amalga oshirishi lozim
Qonunchilikka koʻra, elektr energiyasi uchun toʻlovni maishiy isteʼmolchilar har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻliq hisob-kitob qilishlari shart.
Yuqorida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlganda, maishiy isteʼmolchilar belgilangan tartibda elektr tarmoqlaridan majburiy uziladi.
Bundan tashqari, isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmi uchun hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari yoki belgilangan meʼyorlar asosida oy tugaganidan soʻng 10 kun mobaynida toʻlov amalga oshirilishi lozim.
Mazkur muddatda isteʼmol qilingan tabiiy gaz haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan miqdorda penya toʻlashi belgilangan.
Iskandar Islomov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi