Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya oluvchi avtomatlashtirilgan tizim orqali aniqlanadi


Uy-joy sotib olish uchun subsidiya oluvchi avtomatlashtirilgan tizim orqali aniqlanadi

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni quyidagi ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi: 

— ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;

— ariza beruvchining yosh oilalar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmagan fuqaro ekanligi;

 — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi.

   

Mirjalol Abdjalov,

Toshkent viloyati adliya

 boshqarmasi yetakchi maslahatchisi