Янгиликлар
Pensioner pensiyasini qayta hisoblatish huquqiga ega
Pensioner pensiyasini qayta hisoblatish huquqiga ega
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga koʻra, pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo boʻlgan taqdirda pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Pensiyani qayta hisoblash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
— pensioner pensiya miqdoriga taʼsir koʻrsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha boʻlgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi hamda boshqa) qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
— nogironlik guruhi oʻzgarganda;
— boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladigan oila aʼzolari soni oʻzgarganda;
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari oʻzgargan taqdirda;
— daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo boʻlganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
Nuriddin Ismoilov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi