Янгиликлар
Sogʻlom va mustahkam oila – jamiyat tayanchidir
Sogʻlom va mustahkam oila – jamiyat tayanchidir
Har qanday jamiyatning maʼnaviy negizi oila hisoblanadi. Davlatning rivojlanishida oilaning mustahkam boʻlishi bevosita oilaning ijtimoiy rolining muhim ekanligidan dalolatdir. Sogʻlom oilaviy munosabatlarning shakllanishi avvalo, jamiyatning ijtimoiy tartibini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
Jamiyatning mustahkamligi, rivoji esa oilaga bogʻliq. Chunki, jamiyatda boʻladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi.
Avvalo, oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat oʻrgatish, oʻqitish, taʼkidlash bilan emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun oʻrnak koʻrsatishi uchun olib boriladi.
Mamlakatimizda oilani huquqiy himoyasi Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qoʻyilgan boʻlib, oila uchun maxsus XIV-bob 63-66-moddalar ajratildi. Bunday holat, yaʼni oilaning himoyasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi boshqa mamlakatlar Konstitutsiyalarida uchratmaymiz.
Oila jamiyatning ajralmas qismi va mavjud boʻlish sharti - deb qaraladi va albatta, unda ikki jinsning, erkak va ayolning birlashuvi boʻlishi, bu birlashuv orqali yangi insonlar kelishi nazarda tutiladi. Ana shulardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 63-moddasida ,,Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir ....ʼʼ , degan qoida oʻz aksini topgan. Konstitutsiyada oilani jamiyatning boʻgʻini sifatida eʼtirof etilishi oilasiz jamiyat kemtik boʻlishini, rivojlanish xavf ostida qolishini koʻrsatadi.
Oilani qoʻllab-quvvatlash, muhofaza qilish davlatning Konstitutsiyaviy burchidir. Davlatning oilaga gʻamxoʻrligi qonun asosida qurilgan boʻlib, avvalo u Oila kodeksida belgilangan. Mamlakatimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning qonuniy sharti boʻlib, u Konstitutsiyada ham belgilangan.
Bundan tashqari, sogʻlom va mustahkam oilaning vujudga kelishi uchun davlat tomonidan chora-tadbrilar hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil
25-maydagi PF-3434-sonli farmoni va unda koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sogʻligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilishi va uni tarbiyalashning utsuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi toʻgʻrisida”gi 242-sonli qarorining bajarilishi mamlakatimizda sogʻlom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki: Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning ,,Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan charchayapman, oilamiz tinch boʻlsin! Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, vatan tinch boʻladi. Oʻsha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi koʻrishhammamizga nasib etsin!ʼʼ – deb taʼkidlab oʻtgan bu kabi fikrlarni yurtimizdagi islohotlarning, jamiyatda oilaning tutgan oʻrnini, farzandlarni kamolga yetkazishda boshlangʻich boʻgin oilaning muqaddas dargoh ekanliginini yana bir bor eslatib oʻtdilar.
Sogʻlom va mustahkam oila jamiyat barqarorligi va rivojlanishida shubhasiz oʻrin tutadi. U kelajak va farovonlik barpo etuvchi oʻzgarmas poydevor boʻlib xizmat qiladi. Hozirgi kunda oila bizda eng birinchi oliy boʻgin hisoblanishi ham mintalitet evaziga ham oʻzimizga xos va mos yoʻldan kelib chiqqan holda oila biz uchun hozirgi kundagi har qanday jamiyatning asosi hisoblanadi.
Yulduz Raxatova,
Chirchiq shahar
FHDYO boʻlimi mudirasi