Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

OLINGAN KREDIT OʻZ VAQTIDA QAYTARILMASA NIZO QANDAY HAL ETILISHI KERAK?


OLINGAN KREDIT OʻZ VAQTIDA QAYTARILMASA NIZO QANDAY HAL ETILISHI KERAK?

 

SAVOL;

Men bankdan kredit olgan edim. Hozirgi kunda ishimda uzilish boʻlayotganligi sababli kredit qarzini toʻlashga qiynalyabman. Bank hodimlari esa uyimga kelib zeriktirdi. Ularga tez kunda qoʻlimda pul boʻlishini va 10 kunda qarzdorligimni toʻlashimni aytdim, lekin ular xatto qarindoshlarimgacha telefon qilib meni sharmanda qilmoqda. Bu holatda bank hodimlari qarzni undirish uchun uyga kelmasdan sudga murojaat qilishi kerak emasmi?

 

JAVOB;

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga koʻra, kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.

 

Kredit shartnomasida taraflar oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmasa nima boʻlishi, qanday tartibda manfaatdor taraf oʻz huquqlarini amalga oishirishi va nizolar qanday usulda xal etilishi boʻyicha qonun xujjatlariga asoslanib normalar kiritiladi .

Amaliyotda koʻpchilik kredit olgan shaxslar va bank hodimlari aynan manashu kredit shartnomasini tushunmasligi yoki bilmasligi natijasida koʻplab muammolarga duch kelishadi. Masalan, kreditdan qarzi boʻlgan shaxsdan qarzni undirish uchun savolda aytilganidek bank hodimlari, kerak boʻlsa oʻsha bankni boshligʻi bilan birga qoʻshilib fuqaroni uyiga borgan holda qarzni talab qilish holatlari kuzatilmoqda lekin, biror-bir kredit shartnomasida qarzni fuqaroni uyiga borib undirish kerak degan norma boʻlmaydi va boʻlishi xam mumkin emas. Shartnomaga asosan, agar fuqaro qarzini toʻlamasa bank qarzni sud tartibida undirishi kerak. Qarzdorni uyiga borib talab qilishi kerak emas. Bu usul masalani qonuniy yechimi xam emas.

 

Kreditdan qarzi bor shaxsni qarindoshlariga qarzdor qarzini toʻlasin deb telefon qilishga yoki uyiga borishga bank xodimlarini haqqi yoʻq. Qarzdordan qarzni majburiy undirish uchun faqat sudga murojaat qilinishi mumkin..

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                     Boboyorov Asqarali Otabekovich