Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

ENDI SUGʻURTA PULI TOʻLAB BERILMAYDIMI?


ENDI SUGʻURTA PULI TOʻLAB BERILMAYDIMI?

 

Assalomu alaykum menda jentira moshina afto kiriditga olingan moshina afto avariyaga uchradi endi men suğirta pulini olishin kerak moshina onamdi nomida majburiy suğirta qilinmagan qisqasi suğirta gacha hamma hujjat bõlgan menga suğirta jabob beryapdi majburiy suğirta polisi yoqli uchun arizaga rad javobini bermoqda shunga maslahatinggiz kerak.

 

JAVOB:

 

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurtalashlari shart.

 

Qonunning 8-moddasiga asosan ushbu Qonunga muvofiq majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisida (bundan buyon matnda sugʻurta polisi deb yuritiladi) koʻrsatilmagan transport vositasidan foydalanilganda zarar yetkazilganligi fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi hisoblanmaydi.

 

Mazkur Qonunning 19-moddasiga koʻra jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga koʻra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan majburiy sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart.

 

Demak, siz transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzmaganinngiz sababli sugʻurta pulini ololmaysiz.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                     Boboyorov Asqarali Otabekovich