Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

1-DEKABRDAN OYLIKLAR OSHIRILGANINI ALIMENT TOʻLOVCHILARGA QANDAY TAʼSIRI BOʻLADI?


1-DEKABRDAN OYLIKLAR OSHIRILGANINI ALIMENT TOʻLOVCHILARGA QANDAY TAʼSIRI BOʻLADI?

 

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab oyliklar oshirilishi munosabati bilan, aliment toʻlovchilar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga toʻlanayotgan alimentlar miqdori xam oshiriladi.

 

Masalan, aliment toʻlovchi byudjet tashkilotida ishlovchi hodim boʻlsa, voyaga yetmagan bolalarining moddiy taʼminoti uchun har oyda toʻlab kelayotgan aliment miqdoriga, oyligining oshgan qismiga mos ravishda qoʻshimcha mablagʻ toʻlaydi.

 

Misol uchun, aliment toʻlovchi 3 million oylik oladi va ikki nafar farzandi uchun sud qaroriga koʻra va Oila kodeksining 99-moddasida koʻrsatilgan miqdor boʻyicha, shu 3 millionni uchdan bir qismini, yaʼni 1 million soʻm aliment toʻlaydi deylik. Birinchi dekabrdan boshlab esa, uni oyligi 7 foizga koʻpayib 3 210 000 soʻm boʻlsa, u oldindan har oyda toʻlab kelayotgan alimentiga oyligining oshgan qismini uchdan bir qismi miqdorini (70 000 soʻm) qoʻshib toʻlay boshlaydi. Yaʼni, oyliklar oshirilishidan oldin 3 mln soʻm oylik oladigan shaxsning oyligi shu oydan boshlab 7 foiz oshganini xisobiga 3 210 000 soʻm boʻldi va endi u ikki nafar farzandi uchun oyligini uchdan bir qismi sifatida 1 070 000 aliment toʻlashi kerak.

 

Xech qayerda ishlamaydigan aliment toʻlovchilar esa, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi oyliklar oshganligini xisobiga qancha boʻlganligi aniqlanganidan soʻng, Oila kodeksining 140-moddasida koʻrsatilgan tartibda, oʻsha oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib, ular xam alimentni avvalgidan oshiqroq miqdorda toʻlay boshlaydi.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                     Boboyorov Asqarali Otabekovich