Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

 

▫️kamsitishni taqiqlash toʻgʻrisidagi talablarni buzish;

 

▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

 

▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart boʻlgan shaxslarni (ish oʻrinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

 

▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ishga qabul qilmaslik;

 

▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

 

Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi koʻrsatilib javob beriladi.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                     Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli