Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

OLINGAN KREDITNI QAYTARISH MAJBURIYATINI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZSA BOʻLADIMI?


OLINGAN KREDITNI QAYTARISH MAJBURIYATINI BOSHQA SHAXSGA OʻTKAZSA BOʻLADIMI?

 

SAVOL;

Bankdan olgan kreditimni toʻlash majburiyatini boshqa shaxsga oʻtkazsam boʻladimi?

 

JAVOB;

Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga asosan, qarzdorning oʻz qarzini boshqa shaxsga oʻtkazish mumkin, faqat bunga kreditor (Kredit bergan bank)ning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

Yangi qarzdor kreditor bilan dastlabki qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarga asoslangan barcha eʼtirozlarni kreditor talabiga qarshi qoʻyishga haqli. (✏️ Yaʼni, bankdan kredit olgan shaxs unga kredit bergan bankka qanday eʼtiroz bildirishi mumkin boʻlsa, uni qarzini toʻlashni boʻyniga olayotgan ikkinchi shaxs xam shunday huquqqa ega boʻladi)

 

Agar kafil yoki garovga qoʻyuvchi shaxslar yangi qarzdor uchun javob berishga rozi boʻlmasa, qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan belgilangan garov bekor boʻladi. (✏️ Yaʼni, men birinchi kredit olgan shaxsga kafil edim. Shartnoma oʻzgarganidan keyingi kredit toʻlovchini men tanimayman va unga kafil boʻlishni istamayman deb oʻrtadagi kafil oʻyindan chiqishi xam mumkin degani bu)

 

Demak, kredit olgan shaxs oʻz kreditini toʻlash majburiyatini boshqa shaxsga oʻtkazishi mumkin faqat, buning uchun bankning roziligi kerak boʻladi.

 

 

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                     Mavlanov Baxodir Bazarbay oʻgʻli