Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

TUGʻRUQXONADA TUGʻILMAGAN BOLAGA QANDAY QILIB TIBBIY MAʼLUMOTNOMA OLINADI...


TUGʻRUQXONADA TUGʻILMAGAN BOLAGA QANDAY QILIB TIBBIY MAʼLUMOTNOMA OLINADI...

 

SAVOL;

Tugʻruqxonadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga tibbiy maʼlumotnoma kimlar tomonidan beriladi?

 

JAVOB;

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"ga koʻra, tugʻruqxonadan tashqari va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaning tugʻilishini roʻyhatdan oʻtkazish uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan berilgan tibbiy maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.

 

Bunday hollarda tibbiy maʼlumotnoma berish uchun ushbu onadan bola tugʻilishi toʻgʻrisida guvohlar ishtirokida tuzilgan va uchastka shifokori (feldsher yoki akusher) tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asos boʻladi.

 

FHDYO boʻlimlaridan bolaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma tugʻruqxonadan berilgan tibbiy  maʼlumotnomaga asosan beriladi. Demak, tugʻruqhonadan tashqarida tugʻilgan bolalarga tibbiy maʼlumotnoma yuqoridagi uchastka shifokori, feldsher yoki akusherlar tomonidan beridi

 

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich