Янгиликлар
Hokim qarori bilan berilgan yer uchastkasini hujjatlashtirsa boʻladi
Hokim qarori bilan berilgan yer uchastkasini hujjatlashtirsa boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 23-bandiga muvofiq Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan tegishli tumanlar, shaharlar va shaharchalar xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi qarorlari asos boʻladi.
Ariza bilan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish lozim.
Davlat xizmatlari markazi arizani qabul qilib olgandan soʻng, hujjatlarni ilova qilgan holda bu yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hududiy Kadastr palatasiga yuboradi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti Nazarimbetov Nurlibay Paraxatovich