Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Fermer oʻziga ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasini sotishga haqli emas.


Fermer oʻziga ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasini sotishga haqli emas.

 

Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonun 13-moddasiga asosan fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obekti boʻlishi mumkin emas.

 

U qonuniy usulda mazkur yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berishi mumkin.

 

Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunining 16-moddasiga muvofiq fermer yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjalik ekinlarini oraliq ekish uchun bir yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.

Shunday ekan, noqonuniy yer sotib keyin sarson boʻlib yurgandan koʻra, qonuniy tarzda ikkilamchi ekinlar uchun yuqoridagi tartibda yerni ijaraga berish fermerga ham, ijaraga oluvchiga ham foydali boʻladi.

 

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti               Xaitmetov Farxod Shuxratovich