Янгиликлар
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
- shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
- majburiy jamoat ishlari, xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tarzidagi jazolarini o'tab chiqqach;
- jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o'talganidan keyin – 1 yil o'tgach;
-ozodlikni cheklash jazosi o'talganidan keyin – 2 yil o'tgach;
- 5 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 4 yil o'tgach;
-5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 7 yil o'tgach;
-10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin – 10 yil o'tgach.
Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bog‘liq barcha huquqiy oqibatlar qat’iyan va so‘zsiz bekor bo‘ladi.
Sudlanganlik holati olib tashlanishini shaxsni reabilitatsiya qilishdan farqlashlari lozim. Shaxs reabilitatsiya qilinganda, davlat u jinoyat sodir etganlikda xato aybdor deb topilganligini tan oladi. Sudlanganlik holati olib tashlanganda shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti inkor etilmay, faqat jinoiy javobgarlikka tortish oqibatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Qonunchilikka ko'ra, sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova