Янгиликлар
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
Qachon sudlanganlik holati tugallanadi?
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
???? shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
???? majburiy jamoat ishlari, xizmat boʼyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʼnatish tarzidagi jazolarini oʼtab chiqqach;
???? jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari oʼtalganidan keyin – 1 yil oʼtgach;
???? ozodlikni cheklash jazosi oʼtalganidan keyin – 2 yil oʼtgach;
???? 5 yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin – 4 yil oʼtgach;
???? 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin – 7 yil oʼtgach;
???? 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan koʼp boʼlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʼtalganidan keyin – 10 yil oʼtgach.
Qonunchilikka koʼra, sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik mumkin emas.
Angren Shahar Adliya bo’limi YXKM
Boshlig’i R.Husanov