Янгиликлар
Davlat xizmatchisi tadbirkor boʼlishi mumkin emas!
Davlat xizmatchisi tadbirkor boʼlishi mumkin emas!
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
▪️oʼzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʼlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʼgʼillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʼysunishiga yoki uning nazorati ostida boʼladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʼlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʼullanishga, Oʼzbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishga;
▪️tadbirkorlik faoliyati subʼektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʼlishga, tadbirkorlik faoliyati subʼektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʼjalik vazifalarini bajarishga, bundan aktsiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada boʼlgan aktsiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;
▪️oʼzi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega boʼlgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aktsiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;
▪️oʼz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʼzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʼalar olishga;
▪️chet davlat fuqaroligini olishga;
▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferentsiyalar yoki afzalliklardan oʼz xizmat mavqei bilan bogʼliq holda foydalanishga;
▪️Oʼzbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʼlishga, koʼchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʼtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;
▪️oʼzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʼzlab amalga oshirishga.
Angren Shahar Adliya bo’limi YXKM
Boshlig’I R.Husanov