Янгиликлар
Chet el fuqarolarini Oʼzbekistonga taklif qilish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatiladi
Chet el fuqarolarini Oʼzbekistonga taklif qilish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatiladi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son Qarori bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni Oʼzbekistonga taklif qilish boʼyicha davlat xizmatini koʼrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi
Qarorga koʼra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan koʼrsatiladi.
Buning uchun ariza beruvchi oʼz xohishiga koʼra doimiy yoki vaqtincha roʼyxatdan oʼtgan manzilidan qatʼi nazar, istalgan vakolatli organga oʼzi kelib yoki YaIDXP orqali murojaat etadi.
Soʼrovnoma toʼldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ tomonidan soʼrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.
Аriza beruvchi davlat xizmati koʼrsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji toʼlaydi.
Soʼrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan soʼng vakolatli organga 5 ish kunidan koʼp boʼlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Bunda undan qoʼshimcha yigʼim undirilmaydi.
Maʼlumotlar tekshirilgach, soʼrovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʼlmagan shaxsni Oʼzbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʼgʼrisida fikrini bildiradi.
Shunga koʼra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qoʼyilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.
Angren Shahar Adliya bo’limi YXKM
Boshlig’I R.Husanov