Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“Oʼsimliklarni himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun imzolandi


“Oʼsimliklarni himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun imzolandi

 

        O’zbekiston respublikasi Prezodenti tomonidan 2023-yil 9-noyabr sanasida OʼRQ–877-son “Oʼsimliklarni himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonun imzolandi.

         Qonunga muvofiq, Oʼzbekistonda ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalari roʼyxatga olinishi lozim.

          Roʼyxatga olish Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi (maxsus vakolatli davlat organi) tomonidan oʼtkazilgan sinovlar natijalari asosida amalga oshiriladi.

           Kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalari 5 yil muddatga roʼyxatga olinadi.

          Roʼyxatga olish uchun sinovlarni oʼtkazish muddati 2 yildan oshmasligi kerak.

          Oʼsimliklarni himoya qilish boʼyicha shoshilinch choralar koʼrilishini talab qiluvchi holatlar mavjud boʼlgan taqdirda, roʼyxatdan oʼtkazilmagan oʼsimliklarni himoya qilish vositalarini 1 yilgacha muddatda tajriba tariqasida qoʼllashga yoʼl qoʼyiladi.

         Kimyolashtirish vositalari va oʼsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus omborxonalarda yoki maxsus xonalarda saqlashga yoʼl qoʼyiladi. Ularni maxsus idishsiz saqlash taqiqlanadi.

            Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʼtgach kuchga kiradi.

 

 

 

Angren Shahar Adliya bo’limi YXKM

Boshlig’I                                                                                             R.Husanov