Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi


Davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

 

             O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabr kuni qabul qilingan “Vatan himoyasi va El-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-159-son Farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

             Unga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

           Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari (ota-onasi, halok bo‘lgan vaqtda qonuniy nikohda bo‘lgan xotini (eri) va farzandlari).

           Shuningdek, “O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:             “harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi”-deb belgilandi.

             Mazkur nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i                                                                                          R.Husanov