Янгиликлар
TALABALARNI IJARAGA QOʻYSA SOLIQ TOʻLANMAYDIMI?
TALABALARNI IJARAGA QOʻYSA SOLIQ TOʻLANMAYDIMI?
Oʻzbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 – yildagi 605-son qarorida ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga ijara haqining bir qismini davlat tomonidan toʻlab berilishi tartibi keltirilgan.
Ushbu qarorga koʻra ariza beruvchi yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, shuningdek, respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi boʻlishi lozim.
Bundan tashqari bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.
Talabgorlar bir qancha mezonlarga javob berishi lozim. Ular:
➖ kam taʼminlangan oilalarning farzandlari;
➖ boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
➖ toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlganlar;
➖ vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalar;
➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi boʻlganlar;
➖ onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi boʻlganlar;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning farzandi boʻlganlar;
➖ oila aʼzolari “Mehnat-migratsiya” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
➖ oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandi boʻlganlar;
➖ davlat oliy taʼlim muassasasida oʻrnak koʻrsatganligi va faol boʻlganligi (xalqaro, respublika, hudud va taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari, koʻrik tanlovlar gʻoliblari, fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarida faol qatnashganligi, jamoatchilik asosida targʻibot guruhlaridagi volontyorlik faoliyati).
Barcha talabgorlar yuqoridagi talablarga mos kelishi lozim, talabgorlar maxsus komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va maxsus komissiyaning ijobiy xulosasi asosida ularga ijara haqining bir qismi davlat tomonidan toʻlab beriladi.
Ijaraga qoʻyuvchi fuqaroda qanday imtiyozlar mavjud?
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378–moddasiga ayrim qoʻshimchalar kiritildi, unga koʻra ushbu moddaning 19 prim 1 bandiga koʻra, soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga daromad soligʻi solinmaydi.
Demak, talabalarni ijaraga qoʻyish asosida orttirilgan daromadingizga daromad soligʻi hisoblanmaydi
Angren shahar Adliya boʻlimi yuridik
markazi bosh yuristkonsulti Sh.G.Niyazova