Янгиликлар
Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul?
Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul?
Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirishga quyidagilar masʼul hisoblanadi:
Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.
Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tashkilotlari.
Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xoʻjaligi organlari.
Fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.
S.Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlim boshligʻi