Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Hukumat qarori bilan “Ibratli oila” koʻkrak nishonini berish tartibi belgilandi


Hukumat qarori bilan “Ibratli oila” koʻkrak nishonini berish tartibi belgilandi

Qarorga koʻra, ushbu koʻkrak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan namunali oilalar taqdirlanadi.

Shunga muvofiq:

Har yili 1-martgacha Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi. Takliflar tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlariga taqdim etiladi.

Har yili 15-martgacha nomzod oilalar har tomonlama oʻrganilib, 15-aprelgacha eng munosiblari boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.

Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;

oila aʼzolari ilmli, ziyoli boʻlgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega boʻlgan;

ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;

oilaviy sport bilan shugʻullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan;

oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʻshayotgan.

Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan oilalar 15-may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi.

Taqdirlangan ibratli oilalarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga “Ibratli oila” belgisi oʻrnatiladi.

Bir oila koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.

 

B.Oʻsmonov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti