Янгиликлар
Assalomu alaykum, xodimni mehnat taʻtili vaqtida, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilsa boladimi?
Assalomu alaykum, xodimni mehnat taʻtili vaqtida, u bilan mehnat shartnomasini bekor qilsa boladimi?
Bu mehnat shartnomasini bekor qilish asosiga bogʻliq. MK 163-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishni taqiqlash) ga koʻra, xodim mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʻtillarda boʻlgan davrlarda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish mumkin emas, tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʻsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilgan holatlar bundan mustasno.
Demak, eʻtibor bering, xodim taʻtilda boʻlgan vaqtida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra yaʻni MK 161-moddasi bilan bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan holatlar bundan mustasno.
Boshqa holatlarda esa, xodim taʻtil vaqtida boʻlgan vaqti shartnomani bekor qilish mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi muddati tugadi, lekin xodim har yilgi mehnat taʻtilida yoki bola parvarish taʻtilida. Bu holatda shartnomani MK 158-moddasiga koʻra yaʻni muddatli mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish mumkin, hech qanday taqiq yoʻq.
Yoki MK 235-moddasiga koʻra, jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat taʻtillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish chogʻida keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holdagi taʻtil har yilgi mehnat taʻtilining vaqti ushbu shartnoma muddatining chegarasidan toʻliq yoki qisman chiqib ketganda ham berilishi mumkin.
S.Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlim boshligʻi