Янгиликлар
Koʼp kvartirali uylar yertoʼlasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.
Koʼp kvartirali uylar yertoʼlasidan foydalanish u joydagi mulkdorlar roziligiga asosan amalga oshiriladi.
Yertoʼladan joylar faqat yertoʼlada shugʼullanilishi mumkin boʼlgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
● oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʼkonlar, kioskalar, doʼkonchalar va boshqalar);
● maishiy xizmat koʼrsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelьe);
● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
● bank xizmatlari koʼrsatish (banklarning boʼlimlari va valyuta almashtirish punktlari);
● aloqa xizmatlari koʼrsatish (pochta boʼlimi) va kurerlik faoliyati;
● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
● bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;
● gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
● rassomlik va haykaltaroshlik;
● xizmat koʼrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
● tarjima va tahrir xizmatlari;
● kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
● rieltorlik faoliyati;
● gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qoʼlda rasm chizish xizmatlari;
● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
● davlat tashkilotlarini joylashtirish;
● sugʼurta tashkilotlarini joylashtirish.
Yertoʼladan foydalanganlik uchun toʼlanadigan ijara toʼlovlarining eng kam miqdorlari hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. Yertoʼladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qoʼyish va ijaraga berishga yoʼl qoʼyilmaydi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov