Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

INSON HUQUQLARIGA OID 9 TA ENG MUHIM KAFOLAT


INSON HUQUQLARIGA OID 9 TA ENG MUHIM KAFOLAT

1. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

2. Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir.

3. Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

4. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. Insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

5. Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri maʼlumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan maʼlumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

6. Har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

7. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

8. Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

9. Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                   Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov