Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

TAʼLIM OLISH HUQUQIGA OID 9 TA ENG MUHIM KAFOLAT


TAʼLIM OLISH HUQUQIGA OID 9 TA ENG MUHIM KAFOLAT

1. Har kim taʼlim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.

3. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim va boshlang‘ich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy o‘rta taʼlim davlat nazoratidadir.

6. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

7. Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

8. Oliy taʼlim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning shaʼni va qadrqimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlikqiladi.

 

    

                                        Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov