Янгиликлар
DAVLAT O‘Z ZIMMASIGA OLAYOTGAN 10 TA MUHIM IJTIMOIY MAJBURIYAT
DAVLAT O‘Z ZIMMASIGA OLAYOTGAN 10 TA MUHIM IJTIMOIY MAJBURIYAT
1. Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
2. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
3. Davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim va boshlang‘ich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.
4. Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.
5. Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.
6. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
7. Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan ozbo‘lishi mumkin emas.
8. Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni ko‘radi.
9. Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shartsharoitlar yaratadi.
10. Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga,taʼlim olishiga ko‘maklashadi,ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.
Toshkent tumani adliya bo‘limi xodimi M.Kurbanov